"Kvadrokopterlarni modellashtirish" kursi

img

“Kvadrokopterlarni modellashtirish” kursi 8 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar, shuningdek, uchuvchisiz uchish apparatlarini modellashtirishga qiziquvchi yoshlar uchun mo‘ljallangan. Ushbu kursda siz radio boshqariladigan uchuvchisiz uchish apparatlarini loyihalash bo'yicha bilimlarga ega bo'lasiz va dronlarning tasnifini o'rganasiz. Barcha kerakli boshqaruv komponentlari bilan tanishib chiqasiz. Kurs doirasida o'qituvchilarimiz sizga simulyatorda kvadrokopterni boshqarish ko'nikmalarini o'rgatadi. Rivojlanish markazimizda siz nafaqat kvadrokopterni real va virtual fazoda boshqarishni, balki kvadrokopterlar tuzilishining barcha texnik nozikliklarini o‘rgangan holda haqiqiy uchuvchisiz uchish apparatini yig‘ishni ham o‘rganasiz.

KURS DASTURI
Modul 1

- xavfsizlik choralari bilan tanishish;
- asboblar bilan ishlashga o'rgatish;
- kvadrokopterlarning tasnifi bilan tanishish;
- kvadrokopterlarning tuzilishi va aerodinamikasini o'rganish.

Modul 2

- kvadrokopterlarning konstruksiyasi bilan tanishish;
- kvadrokopter karkasini ishlab chiqarish;
- kvadrokopterni yig‘ish, yelimlash, silliqlash, bo‘yashni o‘rgatish.

Modul 3

- lehim mashinasi bilan ishlashni o'rgatish;
- dvigatel va tezlikni regulyatoriga ulagichlarni lehimlashni o'rgatish;
- лomponentlarni ulashga o'rgatish.

Modul 4

- elektronikani o'rnatish bo'yicha o'qitish;
- вvigatelni kvadrokopterga o'rnatishni o'rgatish;
- kvadrokopterga tezlikni regulyatorlarini o'rnatishni o'rgatish.

Modul 5

- masofadan boshqarish pulti va qabul qilgichni ulanishini sozlash bo'yicha o'rgatish;
- kvadrokopterlarni kalibrovkalash bo'yicha mashg'ulotlar;
- kvadrokopterlarni simulyatorda boshqarishni o'rgatish.

Modul 6

- parvozga tayyorlash (qo‘nish va uchish);
- ko'rgazmali parvozlar.

Modul 7

- cybertruck mashinasi dizayni bilan tanishish;
- cybertruck mashinasini yig‘ish va yelimlashni o‘rgatish;
- вvigatelni cybertruck mashinasiga o'rnatishni o'rgatish.

Modul 8

- иoshqarish pultining cybertruck mashinasiga ulanishini sozlash;
- сybertruck boshqaruvini o'qitish;
- ьusobaqalarni o'tkazish.

 

KURS HAQIDAGI MA'LUMOT

Kurs narxi oyiga 2 000 000 so'm.

Dars jadvali - haftasiga 2 marta

1-guruh: shanba, yakshanba kunlari soat 15:00 dan 17:30 gacha

Manzil: Toshkent sh., Mirobod tumani, ko'ch. Taras Shevchenko, 20 (joylashuv: Ming O'rik metro bekati, 110-maktab)