Robo-futbol musobaqasi talablari

img

Robo-futbol musobaqasi talablari
1. Umumiy qoidalar

O'yin ikki jamoa o'rtasida o'tkaziladi. Har bir jamoa 2 ta robotni ringga qo'yadi.

1.1. Musobaqa vazifasi

Robotlar raqib darvozasiga gol urishi kerak. Musobaqa jamoa belgilangan miqdordagi ochkolarni to‘plagancha davom etadi.
1.2. Cheklovlar
Jamoa quyidagi talablarga javob berishi kerak:
• ishtirokchilarning yoshi 18 yoshdan oshmasligi kerak;
• jamoada 3 nafardan ortiq ishtirokchi bo‘lmasligi kerak (raxbarlar soni cheklanmagan);
• bir jamoa bir musobaqada uchta yoki ko‘proq robot bilan qatnashishi mumkin emas.

2. Robotga qo‘yiladigan talablar

Robot quyidagi talablarga javob berishi kerak:
•    eni – 250 mm dan oshmasligi kerak;
•    uzunligi – 250 mm dan oshmasligi kerak;
•    og‘irligi – 1500 g dan oshmasligi kerak;
•    balandligi – 250 mm dan oshmasligi kerak.
Robot og‘irligini o‘lchashdagi xatolik o‘lchov asbobining aniqligi bilan belgilanadi.
 Robot o‘yin boshlanishidan oldin va keyin o‘z hajmini o‘zgartirmasligi kerak, jismonan bo‘linmasligi, butun o‘yin davomida yagona, uzviy qurilma bo‘lib qolishi lozim.
Robot radio-modul yoki bluetooth modul bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Robot harakatini boshqaruvchi dastur musobaqa ishtirokchisi tomonidan mustaqil ravishda yaratilgan bo‘lishi shart.
Robot konstruktsiyasida quyidagilarni qo‘llash taqiqlanadi:
•    raqib robotning sensorlarini yoki radioaloqasini ishdan chiqaruvchi manbalar;
•    raqib robot elektronikasini o‘chiradigan yoki buzadigan qurilmalar;
•    raqibga qarata chiqarish uchun mo‘ljallangan suyuqlik, kukun, gaz yoki boshqa moddalarni saqlovchi qurilmalar;
•    raqibga qarata narsalarni uloqtiruvchi moslamalar;

•    ring bilan yopishishni kuchaytiruvchi yopishqoq moddalar;
•    presslash kuchini oshiruvchi moslamalar (masalan, vakuum nasoslari yoki magnitlar).
Robotlar hech qanday holatda ringga, boshqa robotlarga zarar yetkazmasligi yoki ishtirokchilarga shikast yetkazmasligi kerak. 0,1 mm dan kichik radiusga ega o‘tkir qirralar va burchaklar taqiqlanadi. Hakamlar yoki tashkilotchilar juda o‘tkir joylarni izolyatsion lenta bilan yopishni talab qilishlari mumkin.
Roundlar va o‘yinlar orasidagi ajratilgan vaqtda ishtirokchilar robotni konstruktsion va dasturiy jihatdan tezda o‘zgartirish (shu jumladan ta'mirlash, quvvat elementlarini almashtirish va h.k.) huquqiga ega, agar bu o‘zgartirishlar robot konstruktsiyasiga qo‘yilgan talablarga zid bo‘lmasa va musobaqa reglamentini buzmasa.
Robotlar favqulodda holatlarda tezda batareyani olib tashlash yoki quvvat manbaini uzib qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak — bu ishtirokchilar va atrofdagilar xavfsizligini ta'minlash, shuningdek robotning butligini saqlab qolish uchun zarurdir.

3.    Ring tavsifi

Ring tekis yuzadan iborat bo‘lib, ikki tomonda darvozalar joylashtiriladi.
Ring kichik futbol maydonchasiga o‘xshaydi. Autlar yoki burchak zarbalari uchun chegaralar mavjud emas — robotlar butun o‘yin davomida erkin harakatlanishlari mumkin. Ringning yon tomonidagi sath ringning bir qismi hisoblanmaydi.
Ring atrofida erkin harakat qilish uchun joy mavjud emas.
Ringning o‘lchamlari:
•    uzunligi – 2430 mm
•    eni – 1820 mm
•    darvozalar eni – 500 mm gacha

 

4. To'pning tavsifi

To'p sifatida diametri 43 mm bo'lgan standart golf to'pi ishlatiladi.

5. Musobaqa o‘tkazish tartibi

Musobaqa boshlanishidan oldin barcha robotlar qo‘yilgan talablarga muvofiqligini tekshirish uchun ko‘rikdan o‘tadi. Raund 90 soniya davom etadi. Match 3 raundgacha davom etadi yoki jamoalardan biri 2 raundda g‘olib bo‘lguncha.

5.1. Robotlarni joylashtirish

Hakamning buyrug‘i bilan operatorlar ringga yaqinlashib, robotlarini joylashtirishadi.
Robotlarni tayyorlash uchun ishtirokchilarga 60 soniya vaqt beriladi, bu vaqt ichida ular robotlarini yoqishlari kerak.
Operatorlar robotlarni mustaqil ravishda qarama-qarshi kvadrantlarga joylashtiradilar.
Har bir robot ring chegarasiga yaqin, o‘z kvadranti doirasida joylashtirilishi kerak. Robotlar joylashtirilgandan so‘ng ularni boshqa joyga ko‘chirish taqiqlanadi.

5.2. Start

Boshlanish signali berilganda ishtirokchilar robotlarni boshqarishni boshlaydilar. 

5.3. O‘yinni to‘xtatish va qayta davom ettirish

Match va raund hakam tomonidan e’lon qilinganda to‘xtatiladi va qayta boshlanadi.
Agar bir jamoaning robotlaridan biri ishdan chiqsa, uni tiklash uchun ishtirokchiga raund tugaguncha vaqt beriladi, ikkinchi ishtirokchi raundni yolg‘iz davom ettiradi. Robot tiklangach, ishtirokchi uni o‘z darvozasi tomondan ringga qo‘yadi.
Raund 3 martadan ortiq qayta o‘ynalishi mumkin emas. Agar uchinchi qayta o‘yin natijasida ham raund natijasi aniqlanmasa, ushbu raund uchun hech bir jamoaga ochko berilmaydi.
Match yakunlanganligi e’lon qilingach, jamoalar darhol o‘z robotlarini poligondan olib tashlashlari kerak.

6. Qoidalarni buzish

Agar jamoa bir match davomida ikki marotaba qoidabuzarlik qilsa, ularning robotlari 10 soniya davomida yoki boshqa jamoa gol urmaguncha o‘z darvozalari oldida harakatsiz turadi.
Qoidabuzarlikka quyidagilar kiradi:
•    ishtirokchining sababsiz matchni to‘xtatishni talab qilishi;
•    ishtirokchining hakam vaqtni uzaytirmagan bo‘lsa, oldingi raund tugaganidan keyin 60 soniyadan ko‘proq vaqt sarflab robotni tayyorlashi;
•    raund davomida hakamning ruxsatisiz poligon yoki robotga tegishi.

7. Ochkolar hisoblanishi

1 ochko raqib darvozasiga gol urgan jamoaga beriladi.

8. G‘olibni aniqlash tartibi

Raundda g‘olib bo‘lgan jamoa 1 ochko oladi.
O‘yinda eng ko‘p ochko to‘plagan robot g‘olib deb topiladi. Agar o‘yin natijasida ochkolar teng bo‘lsa, penalti seriyasi o‘tkaziladi.
Agar tenglikni hal qilish zarur bo‘lsa, qo‘shimcha raundlar o‘tkaziladi. Qo‘shimcha raundda g‘olib chiqqan robot o‘yin g‘olibi deb topiladi. Agar qo‘shimcha raundda ham g‘olib aniqlanmasa, sudyalar taktika, agressiya va faollikka asoslanib g‘olibni tanlaydilar.