SUMMER ROBBO-FEST 2025 Yuk tashish uchun UUAni loyihalash
Yuk bilan Uchuvchisiz uchish apparatini boshqaruvi musobaqa talablari
1. Umumiy qoidalar
Musobaqa jamoalar o‘rtasida o‘tkaziladi. Har bir jamoa bitta uchuvchisiz uchish aparati bilan ishtirok etadi.
1.1. Musobaqaning vazifasi
Masofadan boshqariladigan uchuvchisiz uchish aparatlarini (keying o‘rinlarda UUA) loyihalashtirish orqali yukni minimal vaqt ichida ma’lum bir traektoriya bo‘ylab belgilangan nuqtaga yetkazib berish
1.2. Cheklovlar
Jamoa quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- Ishtirokchilar yoshi 30 yoshdan katta bo‘lmasligi kerak;
- Jamoada 3 nafardan ortiq ishtirokchi bo‘lmasligi kerak (rahbarlar soni cheklanmagan);
- Bitta jamoa bitta musobaqada bir nechta UUA bilan ishtirok eta olmaydi.
2. UUVga qo‘yiladigan talablar
UUA quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak:
- UUAning uzunligi – 50 sm (150 sm dan oshmasligi)
- UUAning kengligi – 50 sm (150 sm dan oshmasligi)
- UUAning balandligi – 50 sm dan oshmasligi
- UUAning uchish balandligi – 5 m (15 m dan oshmasligi)
- Yuk kо‘tarish imkoniyati – 500g
- Kuchlanish manbai turi - akkumulyator batareyasi
- Boshqaruv tizimi turi - pultdan
- Dvigatel nomi - chegaralanmagan
- Dvigatel kuchi - chegaralanmagan
- Batareya turi - chegaralanmagan
- Batareya sig‘imi - chegaralanmagan
- Batareya kuchlanishi -chegaralanmagan
- Bаtаreykаlаr soni - chegаrаlаnmаgаn
- UUA joylashishni aniqlash moslamasi (GPS) bilan jihozlanmasligi kerak.
Og‘irlikdagi aniqlik o‘lchov asbobining xatosiga bog‘liq.
UUA hech qanday holatda poligonga, boshqa UUAlarga zarar yetkazmasligi yoki ishtirokchilarga jarohat yetkazmasligi kerak. Hakamlar yoki tashkilotchilar juda o‘tkir qismlarni izolyatsion lenta bilan yopishni talab qilishlari mumkin.
Raundlar va bahslar orasidagi ajratilgan vaqtda ishtirokchilarga UUAni konstruktiv yoki dasturiy jihatdan tezkor tarzda o‘zgartirish (shu jumladan ta’mirlash, quvvat manbalarini almashtirish va hokazo) ruxsat etiladi, agar bu o‘zgarishlar UUA tuzilishiga qo‘yilgan talablar va musobaqa reglamentlariga zid bo‘lmasa.
UUAlar favqulodda holatlarda xavfsizlikni ta’minlash va UUAning butligini saqlab qolish uchun akkumulyatorlarni tezda chiqarib olish joyiga ega bo‘lishi yoki quvvatni uzib qo‘yish moslamasiga ega bo‘lishi kerak.
Taqdim etilgan ishlanmalar (moslamalar) davlat (yoki davlatlar) tomonidan ommaviy ravishda ishlab chiqarilmayotgan bo‘lishi kerak. Seriyali UUVlarning konstruksiyalariga asoslangan yoki ularning modifikatsiyasi bo‘lgan ishlanmalarni taqdim etgan jamoalar tanlovda ishtirok eta olmaydi. Barcha ishlanmalar bevosita ishtirokchilar tomonidan yaratilgan bo‘lishi lozim.
3. Poligon ta’rifi
Poligon – bu yuk tashish vazifasini bajarayotgan UUA boshqaruvi aniqligi va manevr qobiliyatini tekshirish uchun mo‘ljallangan bir nechta bosqichlardan iborat maxsus yo‘lakdir.
Poligondan o‘tish bosqichlari:
- Start zonasi – bu yerda UUA topshiriq boshlanishidan oldin joylashtiriladi (diametri 100 sm). Start signali berilgach, UUA havoga ko‘tarilib, yuk tomon yo‘l oladi.
- Yukni ushlab olish zonasi - o'lchami 15x15x15 sm gacha bo'lgan yuk halqa tutqichi bilan jihozlangan va platformaga joylashtirilgan. UUA yukni aniq ushlashi va harakatni davom ettirishi kerak.
- To‘siq – keyingi bosqichda UUA halqa yoki to‘rtburchak shaklidagi to‘siqdan yuk bilan birga uchib o‘tishi lozim.
- Zigzag shaklidagi uchastka – bu bosqichda 2 tadan 4 tagacha tik ustun joylashtiriladi. UUA ularni navbatma-navbat zigzag tarzida aylanib o‘tishi kerak. Bu UUAning yuk bilan boshqaruv aniqligi va barqarorligini sinovdan o‘tkazadi.
- Finish zonasi – barcha to‘siqlardan muvaffaqiyatli o‘tgach, UUA belgilangan finish nuqtasiga yetib borib, yuk bilan aniq qo‘nishi kerak.
Yuk yetkaziladigan joylar musobaqa kuni belgilanadi.
To‘siqlar joylashuvi esa musobaqadan oldin aniqlanadi va musobaqa davomida o‘zgartirilmaydi.
4. Musobaqani o‘tkazish tartibi
Musobaqa boshlanishidan oldin ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan barcha UUVlar belgilangan talab va me'yorlarga muvofiqligi bo‘yicha tekshiruvdan o‘tadi.
Jamoa harakatlari hakamlarning signali asosida boshlanadi. Jamoaning operatori marshrut bo‘yicha to'siq orqasidan harakatlanishiga ruxsat beriladi. Ishlanma start chizig‘i oldida shay holda bo‘lishi talab etiladi. Jamoaning operatoriga hakamlardan biri hamrohlik qiladi. Marshrut bo‘ylab harakatlanish davomida operatorni almashtirishga ruxsat etilmaydi. Ishlanma belgilangan yo‘nalish bo‘yicha harakat qilishi lozim va marshrutdan chiqib ketishi mumkin emas. Marshrut bo‘ylab harakatlanish vaqti 10 daqiqadan oshmasligi zarur.
Marshrutni o‘tish davomida to‘siqdan o‘tgandan so‘ng hisobchilar oq yoki qizil bayroq ko‘taradi. Oq bayroq to‘siq xatoliklarsiz o‘tganligi, qizil bayroq to‘siqni o‘tishda xatolik mavjudligini ifodalaydi.
Marshrut bo‘ylab harakatlanish davomida hakamlar natijalarni musobaqa bayonnomasiga kiritib boradi.
4.1. To‘xtatish va davom ettirish
Hakam e’lon qilgach, raund to‘xtatiladi yoki davom ettiriladi.
Agar texnik nosozliklar, qoidalar buzilishi yoki xavfli holatlar yuzaga kelsa, hakam topshiriqni to‘xtatishga haqli.
Agar UUA ishlamay qolsa, ishtirokchiga musobaqa davomida faqat bir marta nosozlikni tuzatishga ruxsat etiladi. UUA tiklanganidan so‘ng, uni start nuqtasidan parvozga qaytarish mumkin.
Topshiriq tugaganini e'lon qilgandan so‘ng, jamoalar o‘z UUAlarini darhol poligondan olib chiqishlari shart.
5. Qoidabuzarliklar
Qoidabuzarliqlarga quyidagilar kiradi:
- Ishtirokchining musobaqani asossiz to'xtatishni talab qilishi;
- Ishtirokchi avvalgi musobaqa tugaganidan keyin tayyorgarlikka 60 soniyadan ko'proq vaqt sarflasa, agar hakam vaqtni uzaytirmagan bo'lsa;
- Boshqa UUAlarning ishiga aralashishga urinishlar, tashqi boshqaruv tizimlaridan foydalanish yoki musobaqaning borishiga ta'sir qiluvchi har qanday boshqa aralashuvlar;
- Boshqa UUAlarga yoki yukga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan manevrlardan foydalanish, shuningdek, harakat yo'nalishini yoki harakat qilish qoidalarini buzadigan manevrlar;
- Loyiha taqdimoti vaqtida noaniq ma'lumotlar mavjud bo'lsa.
Agar musobaqa davomida qoidalar 2 yoki undan ko'p marta buzilsa, hakamlar jamoani musobaqadan chiqarish huquqiga ega.
Agar jamoa musobaqadan chiqarilsa, ular musobaqada ishtirok etish huquqini yo'qotadi.
6. G‘olibni aniqlash tartibi
G'oliblar musobaqa doirasida topshiriqni bajarganlik uchun yig'ilgan ballar yig'indisiga ko'ra aniqlanadi. Baholash hakamlar hay'ati tomonidan quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:
Topshiriqni muvaffaqiyatli bajarish
• Yukni ushlab olish, xavfsiz tashish va belgilangan nuqtaga aniq yetkazish (0 dan 10 ballgacha)
• Yuk va konstruktsiyalarga zarar yetkazilmasligi (0 dan 5 ballgacha)
• Parvoz yo‘nalishini to‘liq bajargan holda, to‘siqlardan muvaffaqiyatli o‘tish (0 dan 10 ballgacha)
Topshiriqni bajarish tezligi
• UUA parvozni qanchalik tez bajarsa va yukni yetkazsa, vaqt bo‘yicha shuncha yuqori ball oladi (0 dan 20 ballgacha)
Vaqt start berilgan paytdan boshlab yuk bilan finish zonasiga qo‘nguncha hisoblanadi.
Aniqlik va manevrlilik
• Belgilangan yo‘nalish bo‘yicha og‘ishlarsiz va to‘siqlarga tegmasdan parvoz qilish (0 dan 5 ballgacha)
• Manevrlar vaqtida barqarorlikni saqlash (0 dan 5 ballgacha)
Texnik talablarga rioya qilish
• UUA konstruktsiyasining belgilangan parametr va cheklovlarga mosligi (0 dan 5 ballgacha)
• Seryali yechimlarning mavjud emasligi va to‘liq mualliflik ishlanmasi (0 dan 5 ballgacha)
Loyiha taqdimoti
• Ishlash prinsipi va konstruktsiyaning xususiyatlarini qisqacha tushuntirish (0 dan 5 ballgacha)
• G‘oyaning o‘ziga xosligi va muhandislik yondashuvi (0 dan 5 ballgacha)
Agar bir nechta jamoa teng ball to‘plagan bo‘lsa, yukni yetkazib berish aniqligi va topshiriqni bajarish tezligi bo‘yicha eng yaxshi natijani ko‘rsatgan jamoaga ustunlik beriladi.
Hakamlar hay’ati qarori yakuniy hisoblanadi va qayta ko‘rib chiqilmaydi.