Положение о соревновании "SUMMER ROBBO-FEST 2025"
«Kibernetikada innovatsiyalar IT-parki» MChJ tomonidan
2025-yil 2-iyun kuni o‘tkaziladigan Robototexnika va dronsozlik bo‘yicha – «SUMMER ROBBO-FEST 2025» musoboqasi to‘g‘risidagi
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
Ushbu Nizom qoidalari O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo’lib hisoblanadigan o‘quvchi va talabalar, yosh pedagog va tadqiqotchilar hamda korxonalarning yosh mutaxassislari uchun «Robototexnika va dronsozlik bo‘yicha – SUMMER ROBBO-FEST 2025» musobaqasini (keyinchalik – Musobaqa) o‘tkazilish tartibi va shartlarini belgilaydi.
II. Musobaqaning maqsadi
O‘quvchi va talabalar, yosh pedagog va tadqiqotchilar hamda korxonalarning yosh mutaxassislari orasida ilmiy-texnik ijodkorlikni ommalashtirish va muhandislik kasblarining obro‘-e’tiborini yuksaltirish;
Dolzarb muhandislik masalalari va texnika bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish;
Innovatsiya va yuqori texnologiyalar sohalariga yoshlarning qiziqishlarini rag‘batlantirish.
III. Vazifalar
Yoshlarning umumiy madaniyatini, texnik va ijodiy fikrlash kreativligini rivojlantirish;
Robototexnika va dronsozlik sohasida yoshlarni innovatsion yechim va ilmiy-texnik ijodkorlikka jalb etish;
Innovatsion texnologiyalar, mexanika, elektronika, 3D modellashtirish va dasturlash sohalarida yoshlarning yangi bilim, ko‘nikma va qobiliyatlarini shakillantirish;
Robototexnika va dronsozlik sohasidagi ishtirokchilarning yutuqlarini namoyish etish va tashrif buyuruvchilar uchun qulay ko‘rgazma maydonini tashkil qilish;
Musobaqaning barcha ishtirokchilarining do‘stona munosabatlari va kasbiy aloqalarini rivojlantirish.
IV. Musobaqa ishtirokchilari
Robototexnika, innovatsiya va axborot texnologiyalariga qiziquvchi, xavaskorlik darajasida robototexnik va donsozlik ishlanmalar yaratish va sohani ommalashtirish bilan shug‘ullanuvchi o‘quvchi va talabalar, yosh pedagog va tadqiqotchilar hamda korxonalarning – robototexnika yo‘nalishi bo‘yicha 18 yoshgacha, dronsozlik yo‘nalishi bo‘yicha 30 yoshgacha bo‘lgan yosh mutaxassislar Musobaqa ishtirokchilari bo‘lishi mumkin.
V. Musobaqalarda ishtirok etuvchi robotlar turlari
Musobaqa robotlarni loyihalash va dasturlashda hamda dronsozlik yo‘nalishi bo‘yicha Uchuvchisiz uchish apparatlarni (UUA) loyihalash, yoshlarning yangi texnologiyalar sohasidagi ilmiy-texnik ijodiga bag‘ishlangan. Musobaqalarda ishtirok etish uchun ruxsat etiladigan robotlar va UUA turlari:
• O‘z qo‘li bilan yaratilgan, radio boshqaruvga ega mobil robotlar («Robo Futbol»);
• O‘z qo‘li bilan yaratilgan avtonom mobil robotlar («Robot tortishuv» (arqon tortish bo’yicha) radio boshqaruvsiz).
• O‘z qo‘li bilan yaratilgan radio boshqaruvli UUAlar («Yuk bilan UUA boshqaruvi»).
VI. Natijalarni umumlashtirish va taqdirlash
«Robototexnita va dronsozlik bo‘yicha – SUMMER ROBBO-FEST 2025» musobaqasi doirasida quyidagi yo‘nalishlarda musobaqalar o‘tkaziladi va natijalari nominatsiyalar bo‘yicha umumlashtiriladi:
• Robot Futbol;
• Robot tortishuv (arqon tortish bo’yicha);
• Yuk bilan UUA boshqaruvi
Robot Futbol, Robot tortishuv (arqon tortish bo‘yicha), Yuk bilan UUA boshqaruvi yo‘nalishlarida uchta sovrinli o‘rinlar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi. I, II va III o‘rinlarni egallagan Musobaqa g‘oliblari Diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Alohida e’tirof etilgan ishlanmalar mualliflari xomiylarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Barcha ishtirokchilar va ularning rahbarlariga sertifikatlar beriladi.
Musobaqa tashkilotchilari maxsus mukofotlarni ta’sis etish huquqini o‘z ixtiyorida qoldiradi.
Musobaqaning barcha ishtirokchilariga ishtiroki uchun Sertifikatlar taqdim etiladi.
G‘olib va sovrindorlarni tayyorlagan trener va/yoki rahbarlar Tashakkurnomalar bilan taqdirlanadi.
VII. Robototexnika va dronsozlik bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazish reglamenti
Musobaqalarni tashkil etish va o‘tkazish uchun Tashkiliy qo‘mita tuziladi. Tashkiliy qo‘mita hakamlar hay’ati tarikbini shakllantiradi, Musobaqa o‘tkazish dasturi va ishtirokchilar Jamoalari ro‘yxatini tasdiqlaydi, Musobaqani nazorat qiladi, Musobaqa ishlarini baholaydi, Musobaqa natijalari haqida yakuniy hulosalar chiqaradi, Musobaqani tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan boshqa zarur tashkiliy masalalarni hal qiladi.
VIII. Robototexnika va dronsozlik bo‘yicha
musobaqalarida jamoalar va yakka tartibdagi ishtirokchilar
Musobaqada ham jamoalar (guruhda 2-3 kishi, rahbari (treneri) boshchiligida), ham yakka tartibdagi ishtirokchilar qatnashishi mumkin. Har bir musobaqada jamoalarda ko‘pi bilan uchta ishtirokchi qatnashishi mumkin. Jamoalar o‘z nomlariga ega bo‘lishlari lozim. Jamoa bo‘lib musobaqada ishtirok etish vaqtida Jamoa rahbari:
- Jamoaning barcha ishtirokchilari uchun mas’uliyatni o‘z bo‘yniga oladi;
- Musobaqa o‘tkazish davomida yuzaga kelgan tortishuvlar bo‘yicha e’tiroz bildirishi mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tgan jamoalar va yakka tartibdagi ishtirokchilar musobaqalarda ishtirok etishlari mukun.
Har bir tur bo‘yicha xulosalar chiqarish va g‘oliblarni taqdirlash marosimlari Musobaqaning yopilish marosimida bo‘lib o‘tadi.
IX. Jamoalarga qo‘yiladigan talablar
Jamoa rahbari jamoa a’zosi hisoblanadi. Bir jismoniy shaxs bir vaqtnig o‘zida bir nechta jamoaga rahbar bo‘lishi mumkin. Shunday holat mavjud bo‘lsa, Tashkiliy qo‘mitani ariza berish (ro‘yxatdan o‘tkazish) vaqtida ogohlantirish lozim.
Har bir Robot va UUA uchun jamoa/yakka tartibdagi ishtirokchi barcha kerakli materiallarni tayyorlashi lozim, jumladan:
- Robot/UUA;
- qo‘shimcha (zahira uchun) batareykalar yoki akkumulyatorlar;
- o‘rnatilgan dasturiy ta’minotga ega bo‘lgan noutbuklar (netbuklar).
Musobaqada qatnashish uchun har bir jamoa/yakka tartibdagi ishtirokchi u yoki bu musobaqa turida biror topshiriqni bajarishga mo‘ljallangan Robot/UUA tayyorlashlari lozim.
Har bir jamoa/yakka tartibdagi ishtirokchining ishtirok etish tartibi qur’a tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. Qur’a tashlangach, bosqich boshlanishidan avval barcha jamoalar/yakka tartibdagi ishtirokchilar tayyorlagan Robot/UUAni ajratilgan texnik hududga joylashtiradilar. Bosqich tugaguncha Robot/UUA konstruksiyasiga, uning dasturiga o‘zgartirishlar kiritish mukin emas (musobaqa talablarida ko’rsatilgan bandlar bundan mustasno). Musobaqa bo‘lib o‘tadigan hududda faqat jamoa ishtirokchilari/yakka tartibdagi ishtirokchilar (trenerlarga ta’qiqlanadi), Tashkiliy qo‘mita a’zolari va hakamlar bo‘lishiga ruxsat beriladi.
Tashkiliy qo‘mita a’zolari yoki hakamlarning ruxsatisiz jamoa ishtirokchilari/yakka tartibdagi ishtirokchilarga musobaqa bo‘lib o‘tadigan hududni tark etish ta’qiqlanadi. Musobaqa bo‘lib o‘tayotgan vaqt mobaynida har qanday kommunikatsiya qurilmalaridan foydalanish ta’qiqlanadi. Musobaqa bo‘lib o‘tayotgan hududdan tashqarida bo‘lgan shaxslarga ishtirokchilar bilan muloqot qilish ta’qiqlanadi. Agar biror xabar uzatishga ehtiyoj tug‘ilsa, u holda bevosita Tashkiliy qo‘mita a’zosi ishtirokida amalga oshiriladi. Jamoalar/yakka tartibdagi ishtirokchilar tomonidan mazkur qoidalar buzilsa, ular Musobaqadan chetlashtiriladilar.
X. Robotlarga qo‘yiladigan talablar
Musobaqaga o‘z qo‘llari bilan yig‘ilgan, robotning harakatini boshqaruvchi dastur to‘g‘ridan-to‘g‘ri musobaqa ishtirokchilari tomonidan yaratilgan avtonom Robotlar hamda o’z qollari bilan yig’ilgan UUAlar (taqdim etilgan ishlanmalar (moslamalar) bo‘lishi va ular davlat (yoki davlatlar) tomonidan ommaviy ravishda ishlab chiqarilmayotgan bo‘lishi kerak. Seriyali UUVlarning konstruksiyalariga asoslangan yoki ularning modifikatsiyasi bo‘lgan ishlanmalarni taqdim etgan jamoalar/yakka tartibdagi ishtirokchilar musobaqada ishtirok eta olmaydi. Barcha ishlanmalar bevosita jamoalar/yakka tartibdagi ishtirokchilar tomonidan mustaqil ravishda yaratilgan bo‘lishi lozim.
Robot/UUA har bir musobaqa turida Robot/UUAlarga qo‘yiladigan talablarga va sanab o‘tilgan holatlarga javob berishi lozim. Robot/UUAning gabaritlari, uning chegaraviy o‘lchamalari va massasi, aniq reglamantlar bilan belgilanadi. Kontsruksiyaning barcha elementlari, ta’minotni inobatga olgan holda, bevosita robot/UUAning o‘zida joylashgan bo‘lishi lozim. Ishtirokchi har bir tur bo‘yicha musobaqa boshlanishidan avval robot/UUAni «karantin» sohasiga joylashtirish lozim. Robot/UUA barcha talablarga javob berishi haqida hakam tasdig‘ini olgach, musobaqalar boshlanishi mumkin. Agar ko‘rikdan o‘tish vaqtida Robot/UUA konstruksiyasida nosozliklar aniqlansa, uni bartaraf etish uchun hakam 3 daqiqa ajratadi. Ammo, bu vaqt mobaynida nosozlik bartaraf etilmasa, jamoa/yakka tartibdagi ishtirokchi musobaqada ishtirok eta olmaydi.
Musobaqa davrida hakam bo‘yrug‘i asosida robot/UUA manbaaga ulangan yoki qo‘lda initsializatsiyalangan bo‘lishi lozim. Shundan so‘ng robot/UUA ishiga aralashish ta’qiqlanadi. Radio boshqaruvga ega robot/UUAlardan tashqari, boshqa robotlar uchun masofadan boshqarish yoki robotga biror ixtiyoriy buyruq berish ta’qiqlanadi.
Agar Robot/UUA harakatlari poligon (trassa)ga zarar yetkazsa, robot/UUA diskvalifikatsiya qilinadi. Robot/UUAga urinish uchun start berilgandan so‘ng uning ishiga aralashish ta’qiqlanadi. Agar musobaqaga start berilgandan so‘ng, xakam ruxsatisiz o‘z joyini tark etgan Robot/UUAga ishtirokchi tegsa, Robot/UUA diskvalifikatsiya qilinishi va urinish hisobga olinmasligi mumkin. Barcha Robot/UUA va qurilmalar shunday yasalgan bo‘lishi kerak-ki, atrfodagi insonlar, boshqa Robot/UUAlar va qurilmalarga yoki musobaqa o‘tayotgan maydonga zarar yetkazmasliklari lozim.
- Futbol Robotlar: 25x25x25 sm o‘lchamdan, og‘irligi 1.5 kg dan oshmagan xolda. Robo futbolni oldidagi to‘p olib yuradigan joyi 1.5 smni tashkil qilishi kerak. Agarda ushbu reglamentlarni bajarmagan xolatda musobaqadan chetlashtiriladi.
- Robotlar tortishuv (arqon tortish bo’yicha): 30x30x30 sm o‘lchamdan oshmagan xolda og‘irligi 1 kg dan oshmagan xolda. Agarda ushbu reglamentlarni bajarmagan xolatda musobaqadan chetlashtiriladi.
- Yuk bilan UUA boshqaruvi: UUAning uzunligi - 50 sm (150 sm dan oshmasligi); UUAning kengligi - 50 sm (150 sm dan oshmasligi); UUAning balandligi - 50 sm (150 sm dan oshmasligi); UUAning uchish balandligi – 5 m (15 m dan oshmasligi); Yuk ko'tarish imkoniyati - 500g; UUA joylashishni aniqlash moslamasi (GPS) bilan jihozlanmasligi kerak.
Agarda ushbu reglamentlarni bajarmagan xolatda musobaqadan chetlashtiriladi.
XI. Konstruktiv cheklovlar
Musobaqa boshlangach mobil robotni masofadan boshqarish ta’qiqlanadi. Raqib - Robot/UUA datchiklari va uning elektron komponentlari uchun shovqinlar yaratish ta’qiqlanadi. Poligon (trassa) yoki raqib - Robot/UUAga jismoniy zarar keltirishi mumkin bo‘lgan konstruksiyalarni qo‘llash ta’qiqlanadi. Raqib - Robot/UUAga qarshi qurol sifatida ixtiyoriy termik va elektromagnit ta’sirlar ko‘rsatish ta’qiqlanadi. Tez alanga oluvchi moddalarni qo‘llash ta’qiqlanadi.
XII. Hakamlik bo‘yicha umumiy holatlar
Musobaqalarni nazorat qilish va boholash hakamlar hay’ati tomonidan keltirilgan qoidalarga mos ravishda o‘tkaziladi. Hakamlar butun musobaqa davomida barcha vakolatlarga ega bo‘ladilar, barcha ishtirokchilar ularning qarorlariga bo‘ysunishlari shart. Hakamlar hay’ati musobaqaga ixtiyoriy o‘zgartirishlar kiritish huquqini o‘z zimmasida saqlab qoladi, agar bu o‘zgartirishlar jamoa/yakka ishtirokchilardan biriga imtiyoz bermasa. Musobaqaning har bir turini ikkita hakamdan iborat hakamlar brigadasi nazorat qiladi. Agar hakamlik borasida biror e’tirozlar yuzaga kelsa, jamoa/yakka ishtirokchi Tashkiliy qo‘mitaga, keyingi Jamoa/yakka tartibdagi ishtirikchiga start berilguncha bo‘lgan vaqt mobaynida, hakamlar xulosasi bo‘yicha arz qilishlari mumkin.
Agar Robot/UUAlar biror bosqichni tashqaridan ko‘rsatilgan aralashishlar hisobiga tugata olmasalar, yoki o‘yin maydonining yomon sharoitlari tufayli biror nosozliq yuzaga kelsa, hakamlar tomonidan qayta urinish belgilanishi mumkin. Hakam ixtiyoriy biror jamoa/yakka tartibdagi ishtirokchisining Roboti/UUA uchun qo‘shimcha kvalifikatsion tekshiruv (o‘lchashlarni) belgilashi mumkin. Musobaqa ishtirokchilarining noetik yoki musobaqaga doir bo‘lmagan hatti-harakatlari, hakamlar tomonidan jarima ochkolari yoki diskvalifikatsiya orqali jazolanishi mumkin.
XIII. Musoboqa bosqichlari
«Robototexnita va dronsozlik bo‘yicha – SUMMER ROBBO-FEST 2025» musoboqasi bir bosqichda o‘tkaziladi.
XIV. Musoboqa o‘tkazilish jadvali va joyi
Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish 2025-yil 30-maygacha ochiq.
Arizalar https://cyberfest.uz/ havola orqali qabul qilinadi.
Musobaqa: 2025-yil 2-iyun kuni Toshkent shaxar, Mirobod tumani, Taras Shevchenko kuchasi, 20 Cyber Science - Rivojlanish markazining uquv binosida bo‘lib o‘tadi.
Mukofotlangan o‘rinlar va mukofotlar (mukofot jamg‘armasi):
Musobaqa yakunlariga ko‘ra barcha ishtirokchilarga qatnashganlik sertifikatlari beriladi, g‘oliblar yesa yo‘nalishlar bo‘yicha finalda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
- 1-o‘rin uchun mukofot – 5 mln. so‘m
- 2-o‘rin uchun mukofot – 3 mln. so‘m
- 3-o‘rin uchun mukofot – 1 mln. so‘m
Amaldagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchilikka muvofiq, pul mukofoti summasidan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i ushlab qolinadi. Mukofot soliq ushlangandan so‘ng to‘lanadi.
Musobaqada ishtirok etish — mukofotlarni olish shartlari, jumladan soliqqa tortish tartibi bilan rozilik bildirilganini anglatadi.
XV. E’tirozlar va appelyatsiyalarni berilishi
Jamoa kapitani musobaqaning bosh hakamiga musobaqa boshlanishidan avval e’tiroz bildirishi mumkin. Musobaqaga doir savollar, qoidadan ististno holatlar va boshqalar tashkiliy qo‘mitaning istalgan a’zosi bilan turnir boshlanishidan avval muhokama qilinishi mumkin.
Musobaqa natijalari bo‘yicha apellyatsiyalar «Apellyatsiya arizasini topshirish reglamenti» asosida qabul qilinadi.
XVI. Qo‘shimcha shartlar
Barcha ishtirokchilar Tashkiliy qo‘mita talabi bo‘yicha «Robototexnita va dronsozlik musoboqasi bo‘yicha – SUMMER ROBBO-FEST 2025» musobaqaini o‘tkazish va xavfsizlikni ta’minlash uchun talab etilayotgan qo‘shimcha hujjatlar va ma’lumotlarni berishlari shart. Musobaqa vaqtida ishtirokchilar ko‘kraklarida beyjiklari bo‘lishi shart. «Robototexnita va dronsozlik musoboqasi bo‘yicha – SUMMER ROBBO-FEST 2025» musobaqaida ishtirok etayotgan mehmonlar va ishtirokchilar (yoki mas’ul shaxslar) tomonidan foto yoki video tasvirga olish uchun bevosita mehmonlar va ishtirokchilarning (yoki mas’ul shaxslarning) roziligi talab etilmaydi. Ya’ni «Robototexnita va dronsozlik musoboqasi bo‘yicha – SUMMER ROBBO-FEST 2025» musobaqai ishtirokchilari Tashkiliy qo‘mitaga o‘z ixtiyoriga ko‘ra foto va video materiallardan foydalanishga rozilik bildiradilar. Shu bilan birga ishtirokchilar (yoki mas’ul shaxslar), musobaqada ishtirok etib, musobaqa natijalarini robototexnika va dronsozlik bo‘yicha musobaqalarni ommaviylashtirish maqsadlarida ishlatilishiga rozilik bildiradilar.
Kontakt ma’lumotlari
Telefon: +998 99 028 89 88
Elektron pochta: info@cyberscience.uz
Qo‘shimcha manbalar va platformalar uchun havolalar:
Web-sayt: www.cyberscience.uz
Ruyxatdan o‘tish havolasi: https://cyberfest.uz/
Telegram: https://t.me/cyberscience_info